Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Samarqandda ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

Samarqandda ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 8 iyun kuni ikki kishi tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Kun.uz nashriga ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, Toyloq tumani, «Bog‘izag‘on» mahallasidagi savdo do‘koniga kuzatuv videokamerasi o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi firma ishchilari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan.

Jumladan, ikki nafar xodim ish jarayonida ehtiyotsizlik qilib, metall narvonni «Anzur» fiderining havo elektr uzatish tarmog‘iga tekkizgan. Oqibatda ularni tok urgan.

Ta’kidlanishicha, hozir tegishli tashkilotlar tomonidan holat bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 06:50 12.06.2025. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!