Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Samarqand shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” MCHJ rahbari SH.A. “M.Baraka” ko‘chasidagi avtoturargohda elektromobillarni quvvatlash qurilmasini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 423,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “N.T.”, “GS.” va “M.M.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga elektr hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 407,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.