"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va IIB hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida joylashgan “S.Y.K” korxonasiga qarashli sug‘orish tizimini o‘zboshimchalik bilan taqmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 601 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.