Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda begona ayol bilan SMS yozishgan erkak IIBga murojaat qildi

Samarqandda begona ayol bilan SMS yozishgan erkak IIBga murojaat qildi

2021 yil 15 aprel kuni Pastdarg‘om tumanida yashovchi, Xayrullo ismli shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Umida ismli shaxs tanishi, Baxora ismli ayol bilan bilan yozishgan SMSlarini qo‘lga kiritib, ushbu yozuvlarni turmush o‘rtog‘iga berishini aytib qo‘rqitib, ma’lumotlarni tarqatib yubormaslik evaziga 14.000.000 so‘m pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

2021 yil 15 aprel kuni Pastdarg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Umida kelishilgan pullardan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Pastdarg‘om tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 12:46 18.04.2021. O'qildi: 12520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!