Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan o‘smir qo‘lga olindi

Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan o‘smir qo‘lga olindi

Samarqandda bankni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qo‘riqlash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 13 iyul kuni Samarqand shahridagi banklardan birida sodir bo‘lgan. Bankka qishki kiyimda, yuzini niqob bilan yashirgan va qora sumka ko‘targan shaxs kirib kelgan. U o‘zida portlovchi modda borligini aytib, bank xodimlarini qo‘rqitgan. So‘ngra oynalarni sindirib, pul talab qilgan.

Kelib tushgan tashvish xabari asosida voqea joyiga qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib borgan. Ular niqobli shaxs bilan xavfsiz masofadan turib, muloqot qilishgan. Muzokaralardan so‘ng bosqinchi o‘z xohishi bilan taslim bo‘lgan va qo‘lga olingan. Hodisa oqibatida fuqarolarga zarar yetmagani bildirildi.

Screenshot_3

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:55 15.07.2026. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!