Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda atom energiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

Samarqandda atom energiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

2024 yil 5 dekabr kuni Samarqandda “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinch yo‘l bilan foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbirni Prezident administrasiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atom energiyasi agentligi tashkil etadi.

Konferensiyada hukumat vakillari, Oliy Majlis deputatlari, davlat organlari xodimlari, olimlar, xususiy sektor va davlat kompaniyalari vakillari hamda atom energetikasi sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi.

Ishtirokchilar xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar va atom energiyasidan xavfsiz foydalanish bo‘yicha strategik yondashuvlarni ishlab chiqadilar.

Konferensiyada Islom hamkorlik tashkiloti, Markaziy va Janubiy Osiyo, Rossiya, yaqin Sharq, Yevropa Ittifoqi, AQSh mamlakatlari ekspertlari, shuningdek, IAEA va Jahon yadro assosiasiyasi vakillari ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 07:11. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!