Finlyandiyalik ayollar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik kurslari doirasida Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilikka tayyorlana boshladilar. Bu haqda The Guardian yozmoqda .
«Rossiya bilan to‘qnashuvning haqiqiy xavfi bor deb o‘ylamayman. Ammo buning imkoni borligini ko‘rdim», — dedi nashrga kurs ishtirokchilaridan biri.
The Guardian nashrining yozishicha, 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar guruhlaridan biri Finlyandiya sharqidagi harbiy bazada tayyorgarlikdan o‘tmoqda . Mashg‘ulotlar Finlyandiya Mudofaa vazirligi ko‘magida Nasta umumiy qurol tayyorlash kursi doirasida o‘tkazilmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, harbiylashtirilgan tashkilotlarning boshqa kurslari kiberxavfsizlik va haydovchilik sohasida o‘qitishni ham o‘z ichiga oladi.