Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda Amir Temur qabri ochilgani rostmi?

Samarqandda Amir Temur qabri ochilgani rostmi?

Samarqandda joylashgan Go‘ri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabri ochilgani haqida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, mazkur holat akademiyada muhokama qilinmagan va kun tartibiga kiritilmagan.

«Ushbu xabar yolg‘on (feyk) xabar hisoblanib, Fanlar akademiyasida ushbu masala muhokama qilinmagan va kun tartibiga qo‘yilmagan. Arxeologlar tomonidan ham hech qanday qazishmalar olib borilmagan va rejalashtirilmagan. Shu bilan bir qatorda xabarda keltirilgan qazishma rabhari deb aytilgan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1970 yilda vafot etgan bo‘lib, birinchi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti hisoblanadi. Umuman olganda ushbu xabar 1941 yildagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan», — deyiladi xabarda.

Ma’umot o‘rnida, maqbara 1941 yilning 16–22 iyun kunlari hukumatning maxsus qarori bilan ochilgan bo‘lib, ekspedisiyaga professor Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan. Dastlab Amir Temur o‘g‘illari Mironshoh, Mirzo Shohrux, nevarasi Mirzo Ulug‘bek, 1941 yilning 19 iyunida Amir Temur qabri ochilgan. Undan so‘ng Amir Temurning nevarasi Muhammad Sultonning qabri ham ochilgan. Antropolog M.M.Gerasimov o‘zi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, Shohrux, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgan. 1942 yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan o‘rganib bo‘lingach, qaytadan o‘z joylariga dafn etilgan.

Kiritildi: 18:11 26.02.2022. O'qildi: 8766 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!