Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.T.” MCHJ rahbari B.Q. “Sultonobod” dehqon bozori hududida joylashgan savdo do‘konida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 53,1 mln so‘mlik 47 turdagi 1 599 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.