Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda akaning jinoyatini "to‘g‘rilamoqchi" bo‘lgan uka jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Samarqandda akaning jinoyatini "to‘g‘rilamoqchi" bo‘lgan uka jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Tayloq tumani markazida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand shahar “Imom Vose” mahallasida yashovchi X.D. chet davlatga ketishi va aviachipta olishi uchun kerak bo‘ladigan “COVID-19” virusi mavjud emasligi to‘g‘risidagi test tahlilini soxtalashtirgan holda 180.000 so‘mga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, rasmiylashtirilgan. Bu haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qiladi.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borish jarayonida fuqaro X.D. ning ukasi holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish evaziga tezkor xodimga 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan.

Xodim fuqaroni pul taklif qilish, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirishiga qaramay, u keyin kelib uchrashishini aytib chiqib ketgan. Xodim holat yuzasidan boshqarma boshlig‘iga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asosan, IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro I.X. tezkor xodimga 5 ming AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:24 04.08.2021. O'qildi: 3064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!