Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib halok bo‘ldi

Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib halok bo‘ldi

7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini boshqarib, uni yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darib yuborgan.

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida maktab o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIB YHXBning xabar berishicha, hodisa 2024 yil 16 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.

7-sinf o‘quvchisi 4R-238 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani Oqtosh mahallasi hududidan o‘tgan qismida Jiguli mashinasini minib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. O‘quvchi bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan o‘quvchi 17 oktyabr kuni shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:35 24.10.2024. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!