G‘arb Rossiya prezidenti Vladimir Putinni to‘xtatishi mumkin, buning uchun, xususan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmasdan, aksincha ularni maksimal darajada kuchaytirishi kerak, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Londondagi sammit yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyoti juda og‘ir ahvolda bo‘lib, bu ahvol yanada yomonlashadi.
"Neft va energiya manbalarining narxini tushirish - bu bir masala. Yashirin flot, bank tizimi ham bularning hammasi emas. Putin sanksiyalarni chetlab o‘tadigan barcha aloqalarni uzish kerak. Sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘maklashayotgan mamlakatlarni nazoratga olish lozim. Ular rossiyaliklar bilan do‘st bo‘lgani uchun emas, balki bundan pul ishlayotganlari sababli shunday qilishmoqda. Bu mamlakatlarga muqobil taklif qilish kerak - bunday imkoniyatlar mavjud. Rossiyaliklar arzon gaz beryaptimi? Xuddi shunday taklif qiling. Barcha aloqalarni uzib, to‘liq sanksiyalar joriy eting," - dedi u.
Zelenskiy qo‘shimcha qilishicha, bu Rossiya iqtisodiyoti inqirozining tezlashishiga olib keladi.
"Mana bizning rejamiz. Mana bu sanksiyalar hozir amal qilmoqda. Agar to‘xtamasangiz, ertaga joriy qiladigan sanksiyalarimiz ro‘yxati mana. Bu sanksiyalardan tashqari, Ukrainaga beradigan qurol-aslahalarimiz to‘plami ham bor. Biz ularga shunday qurollarni beramizki, ular bilan Rossiyaning butun energetika tizimi va harbiy zavodlarini yo‘q qiladi. Natijada, Rossiyaning nafaqat iqtisodiyoti, balki qurol-yarog‘, raketalar va boshqa texnikalarni ishlab chiqarish qobiliyati ham pasayib boradi," deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy, shuningdek, G‘arbni Moskvaga zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berayotgan kompaniyalar va mamlakatlarga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.