Bugun 1 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Yaqin yillarda Rossiya qurilishlariga asosiy ishchi kuchi yetkazib beruvchisi Hindiston bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti "Intrud" kompaniyasi boshqaruvchi direktori va hamta’sischisi Dmitriy Lapshinovning ma’lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Mutaxassisning fikricha, hindistonlik ishchilar O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan mehnat muhojirlarining o‘rnini egallashi mumkin. Lapshinov ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda o‘zbekistonliklar uchun Rossiya bozorining jozibadorligi pasaygan, chunki ularning o‘z vatanida iqtisodiyot va qurilish sohasi jadal rivojlanmoqda.

"Qirg‘izistonda qurilish ishlari avj oldi, Rossiyada esa Tojikiston fuqarolarini jalb etishda huquq-tartibot idoralari tomonidan qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda," - deya qo‘shimcha qildi u.

Yanvar oyi oxirida Sankt-Peterburgdagi polisiya bo‘limlariga qurilish maydonlari bo‘ylab o‘tkazilgan reydlardan so‘ng 100 dan ortiq mehnat muhojiri olib kelingani ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 20:24 28.02.2025. O'qildi: 3481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!