AQSh prezidenti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Ukraina yerlarini Putin Rossiyasiga bermagan yagona prezident bu Donald Trampdir. Ojiz va foydasiz demokratlarning tanqidlariga ishonmang, ular aytgan hamma narsa yolg‘on xabarlardan iboratdir!”, deb yozdi.
NPR agentligining xabar berishicha, Tramp ertaga Kongressning ikki palatasi oldida nutq so‘zlaydi.
Taxminlarga ko‘ra, Tramp asosan davlat xarajatlarini qisqartirish, amaldorlarni ishdan bo‘shatish, noqonuniy migrasiya va bojxona tariflari haqida gapiradi. Shuningdek, Ukraina va Isroildagi urushlar ham tilga olinadi.