AQSh Ukrainaga bergan Abrams tanklarining deyarli uchdan ikki qismi yo‘q qilingan yoki Rossiya tomonidan qo‘lga olingan — The New York Times.
"Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 31 ta Abrams tanklarini topshirgan, ulardan 19 tasiga jangovar harakatlar davomida zarar yetkazilgan yoki Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan. Ko‘plab tanklar dronlar yordamida ishdan chiqarilgan. Zarar yetmagan Abrams'lar front chizig‘idan olib chiqib ketilgan", deb yozadi gazeta ukrainalik yuqori martabali harbiylarga tayanib.
Ukraina urush boshlangan dastlabki haftalardanoq AQShdan Abrams tanklarini so‘ragan, biroq Vashington bu so‘rovni 2023 yil yozida rasman tasdiqlagan. 31 ta tankdan iborat partiya o‘sha yilning kuzida yetkazib berilgan.
Rossiya harbiylari birinchi Abrams tanki yo‘q qilingani haqida 2024 yil fevralida – tanklar yetkazib berila boshlaganidan besh oy o‘tib xabar bergan edi.