Tramp ma’muriyati Oq uyda Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan ziddiyatni oldindan rejalashtirgan — Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers.
"Mening fikrimcha, bu Zelenskiyning aralashuviga o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan reaksiya emas, balki Oval kabinetdagi uchrashuv davomida bo‘lishi oldindan aniq va rejalashtirilgan ziddiyatli holat edi", — deya Mersning so‘zlarini keltiradi Stern jurnali.
Fridrix Mersning aytishicha, u o‘sha voqea videoyozuvini qayta-qayta ko‘rib chiqib, shunday xulosaga kelgan.
"Biz hozir Vashingtonda kuzatayotgan hodisalar so‘nggi haftalar va oylardagi voqealar zanjiri bilan bog‘liq. Jumladan, AQSh delegasiyasining Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etishi ham shu jarayonga kiradi", — deya qo‘shimcha qildi Mers.