Bugun 4 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Ruslar Kursk viloyatida ilgarilamoqda. Ukrainaliklar uchun vaziyat jiddiy

Ruslar Kursk viloyatida ilgarilamoqda. Ukrainaliklar uchun vaziyat jiddiy

DeepState tahlilchisi Roman Pogoreliy Kiyev24 efirida ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlarining ta’minot yo‘llarini uzib qo‘yish urinishlarini kuchaytiryapti.

Uning aytishicha, yaqinda Rossiya armiyasi chegarani kesib o‘tgan Sumi viloyati chegarasidagi vaziyat hamon murakkab. Rossiyaliklar asosiy e’tiborni Ukraina ta’minot tizimini, ayniqsa Sudja yo‘nalishidagi ta’minotni yo‘q qilishga qaratgan. "Dushman Sumi viloyatidan Kursk viloyatiga boradigan asosiy ta’minot yo‘llarini nazorat qilmoqda. Hozirda u Juravka va Novenkiy o‘rtasidagi hududlarni egallab olishga urinmoqda," - dedi Pogoreliy.

Ukraina mudofaa kuchlari Rossiya armiyasining bu hududda mustahkamlanib olishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda, chunki bu Ukraina Qurolli Kuchlarining ta’minotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.

Pogoreliy vaziyatni "jiddiy" deb baholab, agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, oqibatlar fojiali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi: "Agar biz ta’minot muammosini hal qila olmasak, Kursk viloyatidagi pozisiyalarni saqlab qolishning iloji bo‘lmaydi."

Kiritildi: 21:00 03.03.2025. O'qildi: 2057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!