Qayd etilishicha, 2025 yil 29 aprel kuni Pastdarg‘om tumanining 83-sonli umumta’lim maktabi hududida Samarqand shahrida yashovchi 18 yoshli fuqaro jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shu maktabning 11-sinf o‘quvchilarini urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat bo‘yicha Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.