Unga ko‘ra, bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha belgilanmoqda:
– aholi uchun — 2800 so‘m;
– byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 6700 so‘m.
Oqova suv xizmati:
– aholi uchun — 1900 so‘m;
– byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 5300 so‘m bo‘ladi.
Bunda aholi hamda byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik va oqova suv narxlari qo‘shimcha qiymat solig‘isiz hisoblangan.
“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston aholisining 715 ming nafariga birinchi marta toza ichimlik suvi yetib boradi. Joriy yilda 1 619 km ichimlik suvi, 521 km oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 2026 yilda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik 90 foizga, oqova suv xizmati bilan qamrab olinganlik darajasi 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan.