«O‘zenergoinspeksiya» Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan fuqaro M.SH.ga qarashli issiqxona hech qanday hujjatlar rasmiylashtirmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 440,3 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.