Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Telegram’dagi “Generalissimus” kanali ma’lum qildi.
Kanal muallifining bildirishicha, Turdimov o‘rniga Hisob palata raisi Adiz Boboyev tayinlanishi kutilmoqda.
“Daryo”ning hukumatdagi manbasi ham mazkur xabarni tasdiqladi. Tahririyat jurnalisti qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati bilan bog‘landi.
Turdimovning matbuot kotibi Manuchehr Mirzayevning ma’lumot berishicha, bugun viloyat hokimligida odatiy, navbatdagi sessiya bor.
Lekin Telegram’da tarqalayotgan xabar bo‘yicha bilmadim. Hozircha bu haqda gap yo‘q, dedi Manuchehr Mirzayev.