⬇️ Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida donli ekinlar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari hokimiyat tizimidagi tanishlari orqali xo‘jalikning 3 gektar yer maydonini issiqxona tashkil etmoqchi bo‘lgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSh dollari talab qiladi.
🚨 Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo‘jalik rahbari oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
⬇️Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi tumanida yashovchi, 1992 va 1998 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, davlat zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali Ko‘kdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga yashash xonadoni qurishi uchun olib berish evaziga 180 mln so‘m talab qilishadi.
💵Lekin, ular oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
⚖️ Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
⚠️ Hurmatli fuqarolar! Davlat tomonidan tegishli tartib va me’yorlar asosida ajratib berilgan yer maydonlarini qonunga xilof ravishda sotish javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shunday ekan, umummilliy boylik hisoblangan yer resurslaridan oqilona foydalanmoq lozim.