Bosh prokuratura shtabi tomonidan Samarqand tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “S. A. F. I.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 548 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.