“1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 30-sentyabr kunidan va 1-2 oktyabr kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:18
768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:41 — Samarqand 15:48
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz