Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Samarqand noni" milliy brend sifatida huquqiy himoyaga ega bo‘ldi

A A A
"Samarqand noni" milliy brend sifatida huquqiy himoyaga ega bo‘ldi

«Samarqand noni» brendi rasman tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur nomning tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mahsulotning o‘ziga xosligini e’tirof etish, milliy gastronomik merosimizni asrash hamda uning bozordagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu qadam milliy brendlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ularning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun, avvalroq — 2025 yilning fevral oyida «Samarqand noni» geografik ko‘rsatkich sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

Amaldagi «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi qonunga binoan, tovar belgisiga doir guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.

Bu Samarqand nonining nomini himoya qilish, an’anaviy tayyorlash usulini saqlash va mahsulotni bozorda yanada tanitishga yordam beradi.

Kiritildi: 14:55 14.10.2026. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!