Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqand aeroporti yo‘lovchilar oqimining o‘sish sur’ati bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi

Samarqand aeroporti yo‘lovchilar oqimining o‘sish sur’ati bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi


Evropa aeroportlari kengashi (ACI Europe) ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti yo‘lovchi tashish hajmining o‘sish sur’ati bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

ACI Europe o‘zining Yevroosiyo aeroportlaridagi yo‘lovchilar oqimi haqida ma’lumot beruvchi yillik hisobotini e’lon qildi. 2023 yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti o‘z sinfida – yiliga 100 mingdan 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishda uchinchi o‘rinni egalladi. O‘sish 2019 yilning shu davriga nisbatan 109,8 foizni tashkil etdi.

2023 yil boshida aeroport o‘z tarixida birinchi marta 1 million chegaradan oshib, 1 010 938 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu 2022 yilga nisbatan 104,9 foizga yoki 517 521nafar yo‘lovchiga ko‘pdir.

Kiritildi: 20:23 09.02.2024. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!