Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Salome Zurabishvili: Rossiya nafaqat Ukraina, balki Gruziyadagi bosib olingan hududlarni ham qaytarishga majbur bo‘ladi

Salome Zurabishvili: Rossiya nafaqat Ukraina, balki Gruziyadagi bosib olingan hududlarni ham qaytarishga majbur bo‘ladi

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Bloomberg'ga bergan intervyusida Rossiya butun urushda bo‘lmasa ham, deyarli barcha janglarda mag‘lub bo‘lganligi sababli, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushini diplomatik yo‘l bilan hal qilish qo‘shinlarini Abxaziya va Janubiy Osetiyadan ham olib chiqish masalasini o‘z ichiga olishi kerakligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya masalasi muzokaralar stolida bo‘lishi shart, chunki Rossiya bosib olingan barcha hududlardan chekinmaguncha bu urush tugaydi, degan fikrni tan olish mumkin emas.

"Rossiya chegaralari qayerdaligini bilib olishi kerak", — deb ta’kidladi Gruziya rahbari nafaqat Rossiya–Ukraina, balki Rossiya–Gruziya chegarasini ham nazarda tutib.

"Agar G‘arb Rossiya tomonidan bosqinchi qo‘shinlarni to‘liq olib chiqib ketishni talab qilmasa, 2008 va 2014 yillardagidek yana bir katta xatoga yo‘l qo‘yiladi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, 2008 yil avgust oyida rus qo‘shinlari Gruziya hududining beshdan bir qismini egallab, Gruziyaga qo‘shin kiritgan edi. Shundan so‘ng Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlatlar sifatida tan olgan, ammo xalqaro hamjamiyat tomonidan bu hududlar tan olinmagan.

Rossiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya armiyasi tinchlikni saqlash amaliyoti o‘tkazayotganini da’vo qilgan.

Manba.

Kiritildi: 07:29 02.02.2023. O'qildi: 2580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!