Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Saloh "Liverpul" ustozi bilan yarashib oldi

Saloh "Liverpul" ustozi bilan yarashib oldi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasining 16-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi, deya xabar bermoqda Sky Sports.

Bu qaror futbolchi va bosh murabbiy Arne Slot o‘rtasida bugun, 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng qabul qilindi.

Hujumchi "Liverpul"ning so‘nggi 4 o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmagan va o‘tgan dam olish kunlari "Lids"ga qarshi o‘yinda zaxirada qolib ketganidan so‘ng, Saloh klub va murabbiyni tanqid qilib, o‘yin vaqti asossiz ravishda qisqartirilganidan shikoyat qildi. Natijada, hujumchi Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan Milanning "Inter" (1:0) klubiga qarshi o‘yin qaydnomasidan chetlatildi.

Kiritildi: 23:43 12.12.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!