Muhammad Saloh Premyer-ligadagi 177 va 178-gollarini urib, Frank Lempardni ortda qoldirdi.
"Liverpul" vingeri Angliya chempionatining 24-turida "Bornmut"ga qarshi o‘yinda (2:0, ikkinchi bo‘lim) penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi o‘zining va jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Misrlik futbolchi Frank Lempardni (177) ortda qoldirib, chempionat tarixidagi eng yaxshi to‘purar orasida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Faqat Salohdan Serxio Aguero (184), Endi Koul (187), Ueyn Runi (208), Xarri Keyn (213) va Alan Shirerda (260) ko‘proq gol urishgan.