Shahrisabz tumanidagi “Furqat Inatulla o‘g‘li” fermer xo‘jaligi rahbari Sharipov Sharifjon Inatullo o‘g‘li paxta va g‘alla hosilini D-1200 mm lik "Shahrisabz-Qarshi" magistral suv quvuriga noqonuniy ulangan holda sug‘orib kelgan.
"Qashqadaryo suv ta’minoti" MCHJ va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish viloyat hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida aniqlangan mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud SH.Sharipovga 1 yil 7 oy 24 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.
Sudlanuvchi tomonidan "Qashqadaryo suv ta’minoti" MCHJga yetkazilgan 91.601.000 so‘m moddiy zarar qoplanganligi sababli unga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan ozod etildi.