Bugun 25 avgust, 2019 yil, yakshanba

КИР

Salimboyga atab qo‘shiq aytgan xonanda vafot etdi

Salimboyga atab qo‘shiq aytgan xonanda vafot etdi

Joriy yilning 4 avgust kuni sobiq ittifoq mamlakatlarida taniqli bo‘lgan rossiyalik qo‘shiqchi va bastakor Villi Tokarev 84 yoshida vafot etdi. 

Tokarev umri oxirida ongologik xastalik bilan og‘rigani aytilmoqda. 

Villi Tokarev Rossiya Federasiya tarkibidagi hozirgi Adigeya Respublikasida 1934 yilning 11 noyabrida tug‘ilgan. 1945 yilda u Dog‘istonga ko‘chib o‘tgan. 

U 1974 yil – 40 yoshida cho‘ntagida bor-yo‘g‘i 5 dollar bilan AQShga ko‘chib o‘tgan va faoliyatini okean ortida davom ettirgan. 

1990 yilda Rossiyaga qaytgan Tokarev Moskva markazida shaxsiy ovoz yozish studiyasini ochgan. 

Shanson janrida ijod qilgan xonanda 1979 yildan 2014 yilga qadar jami 50 ta musiqiy albomini chiqargan. 9 ta filmda rol ijro etgan. 

Villi Tokarev sobiq ittifoq mamlakatlaridagi ko‘plab avtoritetlarlarga bag‘ishlab, ularni madh etuvchi qo‘shiqlar kuylagan. Shuningdek, u bundan bir necha yil avval o‘zbekistonlik taniqli sport homiysi, MOQ vise-prezidenti, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi Salim Abduvaliyevga ham atab qo‘shiq kuylagandi, deydi "qalampir.uz".

Kiritildi: 06:00 07.08.2019. O'qildi: 3707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!