Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Saliba "Real" qiziqishlari fonida "Arsenal" muxlislariga yangilik aytdi

Saliba "Real" qiziqishlari fonida "Arsenal" muxlislariga yangilik aytdi

Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Madridning "Real" klubidan bo‘layotgan qiziqish fonida "kanonirlar" bilan yaqin orada yangi shartnoma imzolash istagi haqida fikr bildirdi.

"Arsenal" bilan qachon yangi shartnoma imzolayman? Umid qilamanki, tez orada," - dedi Saliba.

Shuningdek, 24 yoshli Saliba kelayotgan mavsumda "Arsenal" o‘zi ishtirok etadigan barcha turnirlarda g‘alaba qozonishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishini ta’kidladi.

Amaldagi mehnat shartnomasi Vilyam Salibani "Arsenal" bilan 2027 yilning yarmigacha bog‘lab turadi. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:57 27.07.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!