Bugun 6 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Saidjamshid Jafarov profringdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Saidjamshid Jafarov profringdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Moskva shahrida boks bo‘yicha navbatdagi IBA Champions' Night turniri bo‘lib o‘tdi.

«Lujniki» majmuasi mezbonlik qilgan ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

U rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi ringga ko‘tarildi. 71 kg vazn toifasida tashkil etilgan 6 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda Jafarov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Saidjamshid bundan avvalgi jangini o‘tgan yilning 30 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi turnirida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Bu havaskor boksda jahon chempionati sovrindori bo‘lgan Saidjamshidning prof boksdagi debyut jangi bo‘lgandi.

Kiritildi: 12:37 01.02.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!