Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Zayed xalqaro mukofotining hakamlar hay’ati a’zosi bo‘ldi

Saida Mirziyoyeva Zayed xalqaro mukofotining hakamlar hay’ati a’zosi bo‘ldi

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Al-Azhar bosh imomi Ahmad al-Toyib tomonidan ushbu xalqaro mukofotning 2026-yilgi sovrindorlarini aniqlab beradigan 6 nafar hakamlar hay’ati a’zosidan biri sifatida ko‘rsatildi.

Saida Mirziyoyeva Markaziy Osiyodan Zayed mukofoti hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lgan ilk vakil hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofot 2019-yilda BAAning sobiq prezidenti, marhum shayx Zayd bin Sulton al-Nahayon sharafiga ta’sis etilgan.

Hozirga qadar butun dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishi, kambag‘allikka qarshi kurash, jamiyat rivojlanishi va sog‘liqni saqlash kabi turli insonparvarlik tashabbuslari bo‘yicha 15 mamlakatdan 16 nafar sovrindor e’tirof etilgan. Mukofot jamg‘armasi — 1 million dollar.

Kiritildi: 12:05 08.07.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!