Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Xorazmda eskirgan suv ko‘taruvchi nasos stansiyasidagi holatni bevosita borib o‘rgandi

Saida Mirziyoyeva Xorazmda  eskirgan suv ko‘taruvchi nasos stansiyasidagi holatni bevosita borib o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrifi davomida eskirgan suv ko‘taruvchi nasos stansiyasidagi holatni bevosita borib o‘rgandi.

"Milliondan ortiq odamni toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan “Urganch-1” yirik nasos stansiyasi ham zudlik bilan modernizasiya qilinishi va yangilanishi zarur bo‘lgan ob’ektlardan biridir.

Bugun ko‘tarilgan barcha masalalar eng qisqa muddatlarda hal etilishi shart. Viloyat hamda tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda hududdagi vaziyat muhokama qilinar ekan, bunga alohida urg‘u berildi.

Muammolarni ochiq-oydin gapirish, birgalikda tahlil qilish va ustuvor tartibda hal etish muhimdir", deydi S.Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun ta’kidlash kerakki, Urganch shahar "Obi hayot" mahallasida joylashgan mazkur ob’ekt 1970-yilda qurilgan bo‘lib, uning to‘rtta nasosidan biri nosozdir.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!