Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

Shu yilning 18 mart kuni Prezident maslahatchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda aprel oyida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi“ sammiti va Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston muhim xalqaro tadbirlar doirasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda faol hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi va ijtimoiy platformalarni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirish va tajriba almashish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

“Uchrashuv yakunida davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni to‘liq hajmda amalga oshirish doirasida yaqin muloqotni bundan buyon ham davom ettirishga tayyorligimizni tasdiqladik“, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.
Kiritildi: 19:19 18.03.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!