Prezident Administrasiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qo‘l-yorog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.
Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir. Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart.