Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva BMT minbaridan turib dunyoga Orol fojiasini eslatdi

A A A
Saida Mirziyoyeva BMT minbaridan turib dunyoga Orol fojiasini eslatdi

23 mart kuni BMTning suv konferensiyasida Saida Mirziyoyeva Orol fojeasi oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston amalga oshirayotgan ishlar haqida gapirdi. Anjuman 45 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor o‘tkazildi.

«Orol dengizi inqirozi insoniyatning atrof-muhitga beparvoligi oqibatlari haqida dahshatli eslatmadir. Biroq, g‘amxo‘r insonlarning sa’y-harakatlari tufayli u yana bir bor umid va yangilanish timsoliga aylandi», — dedi Saida Mirziyoyeva.

2021 yilda BMT rezolyusiyasi qabul qilindi, unda Orolbo‘yi hududi ekologik innovasiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilindi. 2018 yilda BMTning mintaqa uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi tashkil etildi. Orol dengizini tiklash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 14 million dollardan ortiq mablag‘ ajratildi.

22 mart kuni BMTning suv konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Orol madaniyati sammiti loyihasi – Orol madaniyati sammiti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Sammit shafeligida yoshlar uchun ta’lim dasturlari, stipendiyalar va amaliyotlar ochiladi, bu esa mintaqadagi vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi

Bundan tashqari, biodizayn ferma-laboratoriyasi tashkil etilib, ularda viloyatni suv bilan ta’minlash, yangi ekin turlarini yaratish, hududda tuproq sho‘rlanishini kamaytirish bo‘yicha turli texnologiyalarni o‘rganadi va ishlab chiqadi.

Kiritildi: 15:40 24.03.2023. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!