Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qayta joriy etish taklifini bildirdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, Prezident Administrasiyasiga bolalar, qizlar va ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlar uchun eng og‘ir jazo choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash topshiriq qilingan.
Tashabbusga 17 yoshli Aysulu Mukasheva bilan bog‘liq fojiali voqea sabab bo‘ldi. U 27 sentyabr kuni bedarak yo‘qolgan, keyinroq jasadi Kemin tumanida topilgan. Polisiya qo‘lga olgan 41 yoshli shaxs qizni o‘g‘irlab, zo‘rlab va o‘ldirganini tan oldi.