Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saakashvili Zelenskiydan uni asirlar almashinuvi doirasida Ukrainaga qaytarishni so‘radi

Saakashvili Zelenskiydan uni asirlar almashinuvi doirasida Ukrainaga qaytarishni so‘radi

"Menga nisbatan ta’qib va qamoqqa olinishim Ukrainadagi urush bilan bevosita bog‘liq ekani mutlaqo ayon", — dedi Gruziyaning sobiq prezidenti ukrain tilidagi murojaatida.

Saaakashvili Zelenskiydan, o‘zini “Gruziyaning rossiyaparast rejimi tomonidan noqonuniy ravishda ushlab turilgan Ukraina fuqarosi sifatida” Rossiya-Ukraina urushi doirasidagi fuqarolik asirlari ro‘yxatiga kiritishni so‘radi.

"Men bilaman, ukrainlar o‘z odamlarini tashlab ketmaydi va sizning ham shunday qilishingizni umid qilaman", — dedi Saaakashvili.

U bu murojaatini 12 noyabr kuni kasalxonadan qamoqxonaga ko‘chirilganidan keyin yo‘llagan.

Kiritildi: 07:24 14.11.2025. O'qildi: 2512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!