Eron NATO bosh kotibi Mark Ryuttening bayonotlari alyansning AQShning Islom Respublikasiga hujumlarini qo‘llab-quvvatlashidan dalolat beradi, deb hisoblaydi.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bag‘ayi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Bag‘ayi shuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligini (MAGATE) tanqid qilib, uning xodimlarining shikastlangan yadroviy inshootlarga kirishiga ruxsat berilmaganini aytib o‘tdi:
"Agentlik bu masalada beparvolik ko‘rsatdi va biz Grossiga (RAFAEL GROSSI, MAGATE bosh direktori) saylovoldi tashviqoti bilan shug‘ullanish o‘rniga o‘z vazifalarini yanada mas’uliyatli bajarishni tavsiya qilamiz."
Avvalroq Mark Ryutte Eronning yadroviy va raketa salohiyatini zaiflashtirish Yevropa va Yaqin Sharq xavfsizligi uchun muhimligini ta’kidlagan va AQShning harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.
O‘z navbatida, MAGATE bosh direktori Rafael Grossi yaqin kelajakda Eron yadroviy inshootlarida tekshiruvlarni qayta boshlash rejasini e’lon qildi.