Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ruxshona turmush o‘rtog‘i bilan nega ajrashganini ma’lum qildi

Ruxshona turmush o‘rtog‘i bilan nega ajrashganini ma’lum qildi

Ruxshona turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xonandaning "Instagram"dagi rasmiy sahifasiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ruxshonaning muxlislari undan turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani rost yoki yolg‘on ekanligi haqida so‘rashgan.

Xonanda esa buning haqiqat ekanini aytib, kelgusida yarashish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, ayni vaqtda juftlikning farzandlari onasi bilan birga. Ammo ajrimdan keyin Sanjar Matkarimov bir muddat davomida bolalarni Ruxshonaga bermagan.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i unga musht tushirgan va kaltaklagan.

Oilaning buzilishiga asosiy sabab rashk ekanligi ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Ruxshona ajrimdan keyin o‘ziga kelish uchun Yaratgandan tunu-kun kuch-quvvat so‘raganini aytib o‘tgan.

Xonanda bundan keyin Sanjar Matkarimov rejissyorlik qiladigan “Bola tilidan” ko‘rsatuvida ham boshlovchilik qilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, xonanda Ruxshona va rejissyor-klipmeyker Sanjar Matkarimov 2014 yilning 2 noyabr kuni turmush qurgan.

Kiritildi: 17:10 16.10.2021. O'qildi: 14783 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!