NATO bosh kotibi Mark Rutte Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashib, Ukrainada tinchlikni tiklash uchun imkoniyat oynasi borligini aytdi.
Bu haqda Turkiyada bo‘lib turgan Rutte “X” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan .
"Biz NATOning navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Anqarada prezident Erdo‘g‘an bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazdik. Shuningdek, biz Ukraina masalasini ham muhokama qildik, u hozirda tinchlikka erishish uchun haqiqiy imkoniyat oynasini taqdim etmoqda", - dedi u.