Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan Rustem Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) kotibi etib tayinlandi. Tegishli farmonni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy imzoladi .
Umerov 2023 yil sentyabridan 2025 yil iyuligacha Mudofaa vazirligini boshqargan.
14 iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga o‘sha paytda hukumatni boshqargan Denis Shmigalni mudofaa vaziri lavozimiga tayinlashni taklif qildi. Shmigalning o‘rniga esa kecha Yuliya Sviridenko bosh vazir lavozimini egalladi.
Umerov Ukrainaning AQShdagi elchisi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilgandi. Biroq, oxir-oqibat, diplomatik missiyani ilgari Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari — adliya vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan Olga Stefanishina boshqarishi ayon bo‘ldi.
“RBK-Ukraina” manbalari versiyasiga ko‘ra , Umerov elchi bo‘lib ishlash o‘rniga Rossiya bilan muzokaralarga e’tibor qaratadi. Nashrning eslatishicha, aynan u Istanbul formatidagi muzokaralarda Ukraina guruhiga rahbarlik qilgan.