Portlash sodir bo‘lgan payt aks etgan video Ukraina Televizion yangiliklar xizmati tomonidan e’lon qilingan.
To‘g‘on portilgani haqida 11 noyabr kuni xabar berilgan edi. Bugun Kuraxovo shahar harbiy ma’muriyati rahbari Roman Padun yaqin atrofdagi qishloqlar tomon suv oqimi davom etayotganini, ammo "hech qanday jiddiy xavf" yo‘qligini bildirdi.
Videoda to‘g‘onda kuchli o‘q-dorilarning portlashini ko‘rish mumkin. To‘g‘on joylashgan Stariye Terni qishlog‘i Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinadi. Ayni damda rus qo‘shinlari shimoldan besh kilometr uzoqlikdagi qishloqqa bostirib kirmoqda. Suv Volchya daryosiga quyiladi, daryoning quyi qismida faqat Ukraina armiyasi nazoratidagi qishloqlar joylashgan.
Ehtimoliy suv toshqini zonasida Kuraxovo garnizoni uchun ta’minot o‘tadigan yo‘llardan biri mavjud. Rossiyaning janub va shimoldagi qurolli kuchlari hali ham bu yo‘ldan uzoqda. Ukraina Qurolli Kuchlari to‘g‘onni portlatishdan qanday foyda olishi aniq emas, ammo Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan uni buzish texnik jihatdan dargumon.