Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Ruslan Abdullayev filippinlik tajribali raqibiga qarshi jangidan qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Ruslan Abdullayev filippinlik tajribali raqibiga qarshi jangidan qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Kecha AQShning Kaliforniya shtati, Oushensayd shahrida "Golden Boy" kompaniyasining professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Turnir doirasida super yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullayev (2-0) filippinlik Jino Rodrigoga (13-5-2) qarshi bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Sporty Salaries nashrining ma’lum qilishicha, Abdullayev bu jangi orqali 4 ming AQSh dollari, Jino Rodrigo esa 7 ming dollar gonorar ishlab olgan. Bundan tashqari, har ikki bokschi PPV kardida bahs olib borgani uchun pulli translyasiya tushumidan ham ulush oladi.

Ta’kidlash joiz, bugungi g‘alaba orqali bokschimiz WBA Continental Gold kamariga ega chiqdi.

Kiritildi: 11:13 21.04.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!