Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rus tilini bilganingiz uchun pul taklif qilsa, bilingki, u firibgardir

Rus tilini bilganingiz uchun pul taklif qilsa, bilingki, u firibgardir

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi rus tilini bilish uchun “4200$” va “100$ birinchi depozit bonusi” kabi yolg‘on takliflar tarqalayotganini aniqladi. Ular mashhur kompaniyalar nomidan bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida kiber firibgarlikdir!

Firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun:

✅ Shubhali havolalarga bosmang! Ular sizning ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashi mumkin.
✅ Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang va pul yubormang! To‘g‘ri takliflar bunday usulda berilmaydi.
✅ Ma’lumotni faqat rasmiy saytlardan va ishonchli manbalardan tekshiring!
🔒Moliyangiz va ma’lumotlaringizni himoya qilish — sizning qo‘lingizda!

❗️ Agar sizning pullaringiz talon-toroj qilinsa yoki shubhali holat kuzatilsa, darhol:
📞 102 yoki 1102 qisqa raqamlariga murojaat qiling!

Kiritildi: 06:26 19.07.2025. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!