Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rus askarlari o‘z qadami yetgan joyga faqat o‘lim va vayronagarchilik olib boradi — Andrey Sibiga

Rus askarlari o‘z qadami yetgan joyga faqat o‘lim va vayronagarchilik olib boradi — Andrey Sibiga

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sankt-Peterburg iqtisodiy forumidagi Ukraina va urush haqidagi bayonotlarini “kinoyali” deb atadi.

Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, AQSh va butun dunyo o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirayotgan bir vaqtda, Rossiya prezidenti "Ukrainaning yangi hududlarini bosib olish va yanada ko‘proq ukrainaliklarni o‘ldirish rejalari"ni muhokama qilmoqda.

"Bugungi kunda Putinning aytgan barcha ahmoqona gaplari ichida ayniqsa “rus askari qadam bosgan joy” haqidagisi alohida ajralib turadi. Aslida, rus askarlarining qadami yetgan har qanday yerga ular o‘zlari bilan faqat o‘lim, vayronagarchilik va halokat olib keladi. Putin rus askarlarining oyog‘ini ukrain dronlari uzib tashlayotganiga ham befarq. U o‘z xalqining ommaviy qatl etilishiga sababchi", — deya ta’kidladi Ukraina TIV rahbari.

Kiritildi: 20:35 21.06.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!