Ruminiya bosh vaziri Marchel Cholaku mamlakatdagi prezidentlik saylovlarining 1-bosqichi natijalari tufayli iste’foga chiqish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Agerpres agentligi hukumatdagi manbalariga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Cholaku bu haqda hukmron koalisiya yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Ruminiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, u 6 may kuni Sosial-demokratik partiya rahbariyati bilan dastlabki muhokamadan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qiladi.