Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ruminiya bosh vaziri Marchel Cholaku iste’foga chiqishini e’lon qildi

A A A
Ruminiya bosh vaziri Marchel Cholaku iste’foga chiqishini e’lon qildi

Ruminiya bosh vaziri Marchel Cholaku o‘zi rahbarlik qilayotgan Sosial-demokratik partiya (PSD) hukmron koalisiya tarkibidan chiqishini hamda o‘zining lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Cholaku bu haqda 5 may kuni partiya yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga xabar berdi.

"Kecha ruminiyaliklarning prezidentlik saylovida ovoz berishi natijalarini ko‘rdim. Bu shuni anglatadiki, hukmron koalisiya, hech bo‘lmaganda hozirgi tarkibda, qonuniylikka ega emas. Men hamkasblarimga hukmron koalisiyadan chiqishimizni bildirdim. Bu bilvosita mening bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqishimga olib keladi", — deydi Cholaku.

Ruminiyada 4 may kuni takroriy prezidentlik saylovlarining birinchi turi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ta o‘ngchi “Ruminlarni birlashtirish ittifoqi” nomzodi Jorje Simion g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni Buxarest meri Nikushor Dan egalladi. Hukmron koalisiyadan nomzod Krin Antonesku uchinchi o‘rinni egalladi.

Antonesku o‘zining g‘arbparast Sosial-demokratik partiyasi (PSD) prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘olib bo‘lgan ikki nomzodning hech birini ochiq-oshkora qo‘llab-quvvatlamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

Marchel Cholakuning aytishicha, 18 may kuni saylanadigan kelajak prezident "parlamentda ko‘pchilikni shakllantira oladigan partiyalar bilan birgalikda bosh vazir lavozimini kim egallashini hal qiladi.

Kiritildi: 10:30 06.05.2025. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!